Fuqarolik protsessual kodeksi

45-modda. Protsessda birgalikda ishtirok etish

Da'vo bir nechta da'vogar tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi (protsessda birgalikda ishtirok etish) mumkin. Protsessda birgalikda ishtirok etishga alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo'yicha ham yo'l qo'yiladi. Protsessda birgalikda ishtirok etishga quyidagi hollarda yo'l qo'yiladi, agar: nizo predmeti bir nechta da'vogarning yoki javobgarning umumiy huquqlari yoki majburiyatlari bo'lsa; bir nechta da'vogarning yoki javobgarning huquq va majburiyatlari bitta asosga ega bo'lsa; nizo predmeti bir turdagi huquq va majburiyatlardan iborat bo'lsa. Da'vogarlar va javobgarlardan har biri boshqa tarafga nisbatan protsessda mustaqil ravishda ishtirok etadi. Uchinchi shaxslar ham protsessda birgalikda ishtirok etishlari mumkin. Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin. Sud nizolashilayotgan huquqiy munosabatning xususiyatini inobatga olgan holda ishga jalb etilmagan sherik javobgarni ishda ishtirok etish uchun o'z tashabbusiga yoki taraflarning iltimosnomasiga ko'ra jalb qilishga haqli. Boshqa sherik javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb qilinganda ishni ko'rish boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.