Fuqarolik protsessual kodeksi

449-modda. Sud tomonidan ijro varaqasini yuborish

Jinoyat sodir qilish natijasida yetkazilgan zararni undirish, alimentlarni undirish, mayib bo'lganlik yoki sog'liqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchi vafot etganligi natijasida ko'rilgan zararning o'rnini qoplash, xodim bilan mehnat shartnomasini g'ayriqonuniy ravishda bekor qilish yoxud xodimni g'ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazishda yoki sudning ishga tiklash to'g'risidagi hal qiluv qarorini bajarmaganlikda aybdor bo'lgan mansabdor shaxslardan pul summalarini undirish, davlat daromadiga pul mablag'larini undirish hollarida sud o'z tashabbusiga ko'ra ijro varaqasini ijro etish uchun yuboradi. Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bo'yicha ijro varaqasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so'ng uch ish kuni ichida sud tomonidan qarzdorning joylashgan yeridagi davlat ijrochisiga yuboriladi. Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.