Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish haqidagi ariza sudga yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida beriladi. Ariza uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Sud qarorini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi), ularning yashash joyi (joylashgan yeri) va pochta manzili;
3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana;
4) arizachining fikriga ko'ra, sud hujjatini qayta ko'rish uchun asos bo'layotgan yangi ochilgan holatlar, ularni tasdiqlovchi hujjatlar;
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko'chirma nusxalari;
3) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga bo'lgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
441-modda. Arizaning shakli va mazmuni
(441-модда учинчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.