Fuqarolik protsessual kodeksi

440-modda. Ariza berish muddatini hisoblash

Ariza berish muddati: 1) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish uchun jiddiy ahamiyatga ega bo'lgan holatlar ochilgan kundan e'tiboran; 2) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran; 3) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — qayta ko'rilayotgan hal qiluv qaroriga, ajrimga yoki qarorga asos bo'lgan hukmga, hal qiluv qaroriga, ajrimga yoxud qarorga mazmunan qarama-qarshi bo'lgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud boshqa organning ana shunday qarori chiqarilgan kundan e'tiboran hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.