Fuqarolik protsessual kodeksi

419²¹-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qo'shilish

Sud protsessida taftish tartibida shikoyat bergan shaxs tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qo'shilishi mumkin. Mazkur shaxslar taftish tartibida keltirilgan protestga ham qo'shilishi mumkin. Shikoyatga (protestga) qo'shilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.