Fuqarolik protsessual kodeksi

419²⁰-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish

Taftish instantsiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan va u xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 2) shikoyat (protest) Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilmagan sud hujjati ustidan, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga esa Qoraqalpog'iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko'rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 3) shikoyat (protest) ushbu sud tomonidan taftish tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 4) shikoyatidan voz kechish to'g'risidagi ariza shikoyatni bergan shaxsdan shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo'lsa; 5) protestni chaqirib olish to'g'risidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo'lsa; 6) shikoyat (protest) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo'lgan yuridik shaxs tugatilgan bo'lsa; 7) shikoyat (protest) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo'lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar o'rtasida taqsimlash to'g'risidagi masala hal etiladi. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo'yicha taftish tartibida shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.