Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) sudning ish yuritishiga qabul qilinadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ko'rib chiqish uchun sud majlisini o'tkazish vaqti va joyi ko'rsatiladi.
Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni taftish instantsiyasida ko'rish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida ko'rilishiga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
419¹²-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.