Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellyatsiya tartibida ko'rib chiqilmagan birinchi instantsiya sudining ajrimlari ustidan ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran olti oy ichida kassatsiya instantsiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan ushbu Kodeksning 405-moddasida belgilangan tartibda alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin:
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda;
2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to'sqinlik qiladigan hollarda.
Birinchi instantsiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi e'tirozlar kassatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
419¹-modda. Birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish huquqi
(419¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.