Fuqarolik protsessual kodeksi

400-modda. Birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish huquqi

Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar birinchi instantsiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan yoki yuborilgan kundan e'tiboran yigirma kun ichida apellyatsiya instantsiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin: 1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda; 2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to'sqinlik qiladigan hollarda. Birinchi instantsiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi e'tirozlar apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.