Fuqarolik protsessual kodeksi

40-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari

(40-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-661-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/661/0011-сон)

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusxalar ko'chirish, rad etish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo'yicha o'zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e'tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo'lish va o'z huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'zlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi va o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.