Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo'yicha sudning nomi;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, uning joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo'lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar bo'yicha nizolashilayotganligi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma'lumotlar ko'rsatilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko'chirma nusxasi. Doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko'chirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudining hal qiluv qarori ko'chirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo'lishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxasi;
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza javobgarlar soniga qarab ko'chirma nusxalari bilan birga fuqarolik ishlari bo'yicha sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo'lsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza ushbu Kodeks 349-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan bo'lsa, fuqarolik ishlari bo'yicha sud ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi.
Huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizaga ushbu modda to'rtinchi qismining 2 va 3-bandlarida ko'rsatilgan hujjatlarni ilova qilmagan taqdirda, mazkur hujjatlar sud tomonidan ularni saqlayotgan shaxsdan talab qilib olinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
350-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni
(350-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонунига асосан саккизинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.