Imoratga bo'lgan huquq to'g'risidagi, mol-mulkni xatlashdan chiqarish haqidagi, yer maydonidan foydalanish tartibini belgilash to'g'risidagi da'volar imorat, mol-mulk yoki yer maydoni joylashgan yerdagi sudning sudloviga taalluqlidir.
Meros qoldiruvchining kreditorlari vorislar tomonidan meros qabul qilinguniga qadar taqdim etgan da'volar meros mol-mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan yerdagi sudning sudloviga tegishlidir.
Yo'lovchilarni, yuklarni yoki bagajni tashish shartnomalaridan yuk tashuvchilarga nisbatan kelib chiqadigan da'volar belgilangan tartibda talabnoma taqdim etilgan transport tashkilotining organi davlat ro'yxatidan o'tgan yerda taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
35-modda. Sudlovga tegishlilikning alohida hollari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.