Fuqarolik protsessual kodeksi

291-modda. Ishni ko'rib chiqishni tiklash

Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ishni mazmunan ko'rib chiqish tiklanadi va mazkur Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi. Sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, ish yangidan ko'rib chiqilganda qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan deb tan olinmaydi. Javobgar bu hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan qaror sifatida qayta ko'rib chiqilishini so'rab, ariza berishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.