Fuqarolik protsessual kodeksi

290-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari

Agar sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqishda sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni o'z vaqtida xabardor qilish imkoniyati bo'lmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan dalillarni taqdim qilayotganligini aniqlasa, sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan ko'rib chiqish tiklanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.