Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining o'zida yoki sud majlisi zalidan tashqarida alohida protsessual harakat bajarilganida yuritiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'zlari ish uchun ahamiyatga ega deb hisoblangan holatlarni bayonnomaga kiritish to'g'risida iltimosnomalar berishga haqli.
Taraflarning, uchinchi shaxslarning o'zlari qo'ygan talablardan butunlay yoki qisman voz kechganligi haqidagi, qo'yilgan talablarni tan olishi, ishni kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv bilan tamomlash to'g'risidagi arizalari bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma sud majlisi tamom bo'lganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan keyin kechi bilan uch kunda raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanishi kerak. Kiritilgan barcha o'zgarishlar, tuzatishlar, qo'shimchalar bayonnomada izohlanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
278-modda. Bayonnoma tuzish
(278-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.