Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi kerak. Sud majlisi bayonnomasida quyidagilar ko'rsatiladi:
1) sud majlisi bo'lib o'tgan yil, oy, kun va joy;
2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt;
3) ishni ko'rayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, hamda sud majlisining kotibi;
4) ishning nomi va raqami;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga ko'maklashayotgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi to'g'risidagi ma'lumotlar;
6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi;
7) ushbu moddaning 5-bandida ko'rsatilgan shaxslarga sud chaqiruv qog'ozlari va boshqa xabarnomalar topshirilganligi to'g'risidagi hamda ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi ma'lumotlar;
8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari;
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari;
10) sudga taqdim etilgan barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari to'g'risidagi ma'lumotlar;
11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko'rsatuvlari, ekspertlarning o'z xulosalarini og'zaki tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni ko'zdan kechirishga oid ma'lumotlar;
12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;
13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o'qib eshittirilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar.
Sud majlisi bayonnomasida boshqa ma'lumotlar ham ko'rsatilishi mumkin.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to'g'risida belgi qo'yiladi.
Sud majlisining bayonnomasi audio- va videoyozuv vositalaridan foydalangan holda to'xtovsiz yozib boriladi.
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga yoki alohida protsessual harakatlarni bajarish haqidagi bayonnomaga qo'shib qo'yiladi, unga tegishli yozuv kiritiladi.
Sud majlisi videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari:
sud majlisi videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilganligi to'g'risidagi;
sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazishda ko'maklashayotgan sudning nomi haqidagi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazishga ko'maklashayotgan, sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari to'g'risidagi;
sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilishiga ko'maklashayotgan sudning va ishni ko'rayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha xodimlari haqidagi ma'lumotlar ham ko'rsatilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
277-modda. Bayonnoma mazmuni
(277-модда биринчи қисмининг 10-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.