Sudya rad qilingan taqdirda ish fuqarolik ishlari bo'yicha shu tumanlararo, tuman (shahar) sudida, lekin boshqa sudya tomonidan ko'riladi yoki ko'rish uchun fuqarolik ishlari bo'yicha boshqa tumanlararo, tuman (shahar) sudiga o'tkaziladi.
Ish O'zbekiston Respublikasi Oliy sudida, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida ko'rilayotganda sudya yoki sudning butun tarkibi rad qilingan taqdirda, ish shu sudning o'zida, lekin sudning boshqa tarkibida ko'riladi.
Agar Qoraqalpog'iston Respublikasi sudida, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlarida ushbu Kodeksning 21-moddasida ko'rsatilgan sabablarga ko'ra rad qilish qanoatlantirilganidan keyin mazkur ishni ko'rish uchun sudning yangi tarkibini tuzish imkoni bo'lmasa, ish O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o'tkazilishi kerak. Bunday holda ish O'zbekiston Respublikasi Oliy sudida ko'riladi yoki O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining farmoyishiga binoan boshqa tegishli sudga ko'rish uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
25-modda. Rad qilish to'g'risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
(25-модданинг иккинчи ва учинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-661-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/661/0011-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.