Fuqarolik protsessual kodeksi

249-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish

(249-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-661-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/661/0011-сон)

Sud ishni mazmunan ko'rib chiqish natijalari bo'yicha hal qiluv qarorini qabul qiladi. Sud hal qiluv qarorini O'zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi. Sudning hal qiluv qarori qonuniy, asoslantirilgan va adolatli bo'lishi kerak. U faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslangan bo'lishi kerak. Sudning hal qiluv qarori ishning sud muhokamasi tugaganidan keyin darhol qabul qilinadi. Alohida hollarda, o'ta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash ko'pi bilan besh kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal qiluv qarorining xulosa qismini sud ishning muhokamasi tugallangan majlisning o'zidayoq e'lon qilishi kerak. Ayni vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishi mumkinligini e'lon qiladi. Hal qiluv qarorining e'lon qilingan xulosa qismi sudya tomonidan imzolanadi va ishga qo'shib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.