Fuqarolik protsessual kodeksi

223-modda. Ish muhokamasini keyinga qoldirish

Sud ish muhokamasini quyidagi hollarda keyinga qoldirishi mumkin: 1) tartib fuqarolar tomonidan ommaviy tarzda buzilganda; 2) raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirilganidan so'ng prokuror yoki advokat uning farmoyishlariga bo'ysunmaganida; 3) taraflar (uchinchi shaxslar) tomonidan sud majlisidagi tartib buzilganda; 4) o'ziga sud chaqiruv qog'ozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud majlisiga kelmaganda; 5) tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko'ra sud majlisiga kelmaganda; 6) tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmaganda, agar ulardan birortasidan ham sud muhokamasi ularning ishtirokisiz o'tkazilishi to'g'risida ariza kelib tushmagan bo'lsa; 7) sud majlisiga guvoh, tarjimon, ekspert yoki mutaxassis kelmaganda, agar ularning ishtirokisiz ishni ko'rish imkoni bo'lmasa; 8) da'vogar ishni javobgarning ishtirokisiz ko'rishga rozi bo'lmaganda; 9) qarshi da'vo taqdim etilganda; 10) sud majlisi yuritishda texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferentsaloqa tizimidan foydalanilganda texnik nosozliklar kelib chiqqanda; 11) qo'shimcha dalillar taqdim etish yoki talab qilib olish zarur bo'lganda; 12) ishda ishtirok etish uchun boshqa shaxslar jalb qilinganda yoki boshqa protsessual harakatlar amalga oshirilganda. Sud ishni sud majlisida ko'rish imkoni bo'lmagan boshqa hollarda ham muhokamani keyinga qoldirishi mumkin. Sud muhokamasi uni keyinga qoldirish uchun asos bo'lgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan muddatga, sud muhokamasining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddati doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. Sud ish muhokamasini keyinga qoldirganda, keyingi sud majlisining vaqtini belgilaydi, bu haqda hozir bo'lgan shaxslarga imzo qo'ydirgan holda e'lon qiladi. Sudga kelmagan va sud protsessida ishtirok etish uchun yangidan jalb qilinadigan shaxslar keyingi sud majlisining vaqti to'g'risida ushbu Kodeksning 16-bobida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Keyinga qoldirilgan ishni ko'rish qolgan joyidan davom ettiriladi. Biroq, agar ish ushbu Kodeksning 39-moddasida sanab o'tilgan yangi shaxslarni jalb qilish sababli keyinga qoldirilgan bo'lsa, ish muhokamasi boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.