Fuqarolik protsessual kodeksi

222-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari

Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yo'qligida ko'rish mumkinligi to'g'risidagi fikrlarini eshitadi va sud muhokamasini davom ettirish yoki ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko'ra sud majlisiga kelmasa, ularga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qo'llanilishi mumkin. Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv bo'yicha sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.