Fuqarolik protsessual kodeksi

213-modda. Sud protsessi ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshirish

Sud majlisining kotibi mazkur ish bo'yicha chaqirilganlardan kimlar kelganligini, kelmaganlarga sudning chaqiruv qog'ozlari yoki boshqa xabarnomalar topshirilgan-topshirilmaganligini (yetkazib berilganligini) va ularning kelmaganligi sabablari to'g'risida qanday ma'lumotlar borligini sudga ma'lum qiladi. Sud kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatini tekshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.