Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir bo'lganlarning barchasi o'rnidan turadi.
O'n olti yoshga to'lmagan fuqarolar, agar ular ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar bo'lmasa, sud majlisi zaliga qo'yilmaydi.
Sud jarayoni ishtirokchilari sudga «Hurmatli sud!» degan so'zlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga o'z tushuntirishlari va ko'rsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yo'l qo'yilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, shuningdek sud majlisi zalida hozir bo'lgan barcha fuqarolar sud majlisida belgilangan tartibga rioya etishi va raislik qiluvchining farmoyishlariga so'zsiz bo'ysunishi shart.
Alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilingan sud hujjatini sud majlisi zalida hozir bo'lganlarning barchasi tik turib eshitadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
212-modda. Sud majlisi zalidagi tartib
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.