Fuqarolik protsessual kodeksi

207-modda. Fuqarolik ishlarini ko'rish va hal qilish muddatlari

Ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo'lingan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay sud tomonidan ko'riladi va hal qilinadi. Bu muddat o'ta murakkab ishlar bo'yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga ko'ra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan ishlar mustasno. Aliment undirish haqidagi, mayib bo'lganlik yoki sog'liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo'yicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo'lingan kundan e'tiboran yigirma kundan kechiktirmay birinchi instantsiya sudi tomonidan ko'rilishi kerak. Qarshi da'vo berilgan ish bo'yicha ishni ko'rish va hal qilish muddatining o'tishi asosiy da'vo bo'yicha ish sud muhokamasiga tayyorlab bo'lingan kundan e'tiboran hisoblanadi. Asosiy ishdan ajratilgan ishni, shuningdek birgalikda ko'rish uchun bitta ish yuritishga birlashtirilgan ishlarni ko'rish va hal qilish muddatining o'tishi ushbu Kodeksning 197 va 198-moddalariga muvofiq hisoblanadi. Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud ajrimi ustidan shikoyat qilingan (protest keltirilgan) taqdirda, ishni ko'rish va hal etish muddatining o'tishi ish yuqori instantsiya sudiga yuborilgan paytdan e'tiboran to u birinchi instantsiya sudining ish yurituviga kelib tushguniga qadar to'xtatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.