Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig'iga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
1) sudyaga kelib tushgan arizalarni o'rganadi va ularni ko'rish yuzasidan takliflar kiritadi, sud hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi;
2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalarini hal qilishda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda va boshqa shaxslarni jalb qilish to'g'risidagi masalani hal etishda ishtirok etadi;
3) sud protsessini tayyorlashni va o'tkazishni tashkil etishda ishtirok etadi;
4) arizalar va murojaatlar, shuningdek ko'rilishi keyinga qoldirilgan yoki ish yuritish to'xtatib turilgan ishlar o'z vaqtida ko'rilishi ta'minlanishini tashkil etadi;
5) taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni ko'rish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi.
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig'iga binoan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn206-modda. Sudya yordamchisining (katta yordamchisining) ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo'yicha harakatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.