Fuqarolik protsessual kodeksi

104-modda. Sud topshirig'ini bajarish tartibi

(104-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Sud topshirig'ini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga ko'ra sud majlisida amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar majlisning vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi topshiriqni bajarishga to'sqinlik qilmaydi. Sud topshirig'i tartibida taraflarning va uchinchi shaxslarning yoxud ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko'rsatuvlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni ko'zdan kechirish hamda tekshirish orqali aniqlanadigan faktik ma'lumotlar to'planishi mumkin. Bayonnomalar va sud topshirig'ini bajarishda to'plangan materiallar ishni ko'rib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi. Agar sud topshirig'ini bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoki ko'rsatuvlar bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni ko'rib chiqayotgan sudga kelsa, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoxud ko'rsatuvlar beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.