Ishni ko'rayotgan sud dalillarni boshqa tumanda yoki shaharda to'plash zarur bo'lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshiradi.
Sud topshirig'i ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda ko'rib chiqilayotgan ishning mohiyati, aniqlanishi zarur bo'lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud to'plashi lozim bo'lgan dalillar ko'rsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yo'llangan bo'lsa, o'sha sud uchun majburiy bo'lib, o'n besh kunlik muddat ichida bajarilishi kerak.
Sud topshirig'i axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
103-modda. Sud topshiriqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.