Fuqarolik kodeksi

955-modda. Sug'urta tovoni yoki sug'urta to'lovini to'lashni rad etish

(955-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Sug'urtalovchi mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) sug'urta tovonini yoki shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta to'lovini to'lashni quyidagi hollarda rad etishga haqli, chunonchi: sug'urta shartnomasining amal qilishi sug'urta hodisasi yuz bergunga qadar, shu jumladan ushbu Kodeksning 948 va 950-moddalarida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha bekor qilinganda; sug'urta shartnomasi ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo'yicha o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaganda; sug'urtalovchi ushbu Kodeksning 951 — 954-moddalarida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha sug'urta tovonini yoki sug'urta to'lovini to'lashdan ozod qilinganda; sug'urtalovchi ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo'yicha sug'urta shartnomasini haqiqiy emas deb topish to'g'risida yoxud sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug'urta hodisasi holatlarini tekshirib ko'rishga yoki yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashga to'sqinlik qilgani tufayli sug'urta shartnomasini bekor qilish to'g'risida da'vo qo'zg'atganida. Sug'urtalovchining sug'urta tovonini yoki sug'urta to'lovini to'lashni rad etish to'g'risidagi qarori sug'urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ular sug'urta tovonini yoki sug'urta to'lovini to'lashni so'rab murojaat etganidan keyin o'n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o'z ichiga olgan bo'lishi lozim. Sug'urtalovchining sug'urta tovonini yoki sug'urta to'lovini to'lashni rad etishiga qarshi unga nisbatan sudda da'vo qo'zg'atish yo'li bilan e'tiroz bildirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.