Fuqarolik kodeksi

954-modda. Sug'urtalovchini sug'urta tovonini va sug'urta to'lovini to'lashdan ozod qilish asoslari

(954-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Sug'urtalovchi, agar qonunda yoki sug'urta shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa va sug'urta hodisasi quyidagilar oqibatida yuzaga kelgan bo'lsa, sug'urta tovonini va sug'urta to'lovini to'lashdan ozod qilinadi: yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zaharlanish ta'sirida; harbiy harakatlar, manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar. Agar mulkiy sug'urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qo'yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo'q qilib tashlanishi oqibatida ko'rilgan zarar uchun sug'urta tovonini to'lashdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.