Fuqarolik kodeksi

931-modda. Sug'urta shartnomasi tuzilayotganda sug'urta qildiruvchi taqdim etadigan ma'lumotlar

Sug'urta shartnomasi tuzilayotganda sug'urta qildiruvchi o'ziga ma'lum bo'lib, sug'urta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sug'urta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan holatlarni sug'urtalovchiga xabar qilishi shart. Sug'urta shartnomasi (polisi)ning standart shaklida, sug'urta qildiruvchiga berilgan sug'urta qoidalarida yoki yozma so'rovda sug'urtalovchi tomonidan oldindan aniq aytib qo'yilgan holatlar muhim deb hisoblanadi. Agar sug'urta shartnomasi sug'urtalovchining qandaydir savollariga sug'urta qildiruvchining javoblari bo'lmagan holda tuzilgan bo'lsa, sug'urtalovchi tegishli holatlar sug'urta qildiruvchi tomonidan ma'lum qilinmaganligiga asoslanib keyinchalik shartnomani bekor qilishni yoxud uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi. Agar sug'urta shartnomasi tuzilganidan keyin, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar to'g'risida sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchiga bila turib yolg'on ma'lumot berganligi aniqlansa, sug'urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va ushbu Kodeks 123-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar qo'llanilishini talab qilishga haqli. Agar sug'urta qildiruvchi aytib qo'ymagan holatlar o'tib ketgan bo'lsa, sug'urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Sug'urta shartnomasi tuzilayotganda sug'urta qildiruvchi (sug'urta qildiradigan shaxs) sug'urtalovchiga muhim ma'lumotlarni aytib berishi kerak. Bu ma'lumotlar sug'urta xavfining kattaligini va sug'urta hodisasi yuz berish ehtimolini aniqlashda zarur. Agar sug'urta qildiruvchi bila turib yolg'on ma'lumot bergansa, sug'urtalovchi shartnomani bekor qilishi mumkin. **Kimga tegishli** Bu qoida sug'urta qildiruvchi (sug'urta qildiradigan shaxs) va sug'urtalovchi (sug'urta kompaniyasi) o'rtasidagi munosabatlarga tegishli. **Amalda** Avtomobil sug'urtasi qildirayotganda siz avtomobil haydovchining yoshi, haydash tajribasi va avariyadagi tarixini aytib berishingiz kerak. Agar siz bu ma'lumotlarni yolg'on aytib bersangiz, sug'urta kompaniyasi shartnomani bekor qilishi mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.