Fuqarolik kodeksi

930-modda. Sug'urta shartnomasi shartlarini sug'urta qoidalarida belgilab qo'yish

Sug'urta shartnomasini tuzish shartlari sug'urtalovchi yoxud sug'urtalovchilar birlashmasi tomonidan qabul qilingan, ma'qullangan yoki tasdiqlangan tegishli turdagi sug'urtaning standart qoidalari (sug'urta qoidalari)da belgilab qo'yilishi mumkin. Sug'urta qoidalarida mavjud bo'lgan va sug'urta shartnomasi (polisi) matniga kiritilmagan shartlar, agar shartnomada (polisda) shunday qoidalar qo'llanilishi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan va qoidalarning o'zi shartnoma (polis) bilan bitta hujjatda yoki uning orqa tomonida bayon qilingan yoxud unga ilova qilingan bo'lsa, sug'urta qiluvchi (naf oluvchi) uchun majburiydir. Ilova qilingan taqdirda, shartnomani tuzish paytida sug'urta qildiruvchiga sug'urta qoidalari topshirilgani shartnomada yozuv bilan tasdiqlab qo'yilishi lozim. Sug'urta shartnomasi tuzilayotganda sug'urta qildiruvchi va sug'urtalovchi sug'urta qoidalarining ayrim bandlarini o'zgartirish yoki chiqarib tashlash va qoidalarda bo'lmagan bandlarni shartnomaga kiritish to'g'risida kelishishlari mumkin. Sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) o'z manfaatlarini himoya qilib, sug'urta shartnomasida (polisida) ko'rsatib o'tilgan tegishli turdagi sug'urta qoidalarini, hatto agar bu qoidalar ushbu moddaga ko'ra uning uchun majburiy bo'lmasa ham, vaj qilib keltirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Sug'urtalovchi (sug'urta kompaniyasi) o'zining standart sug'urta qoidalarida shartnoma shartlarini oldindan belgilashi mumkin. Bu qoidalar sug'urta shartnomasi (polisi) matniga kiritilmasa ham, agar shartnomada qoidalar qo'llanilishi ko'rsatilgan bo'lsa, sug'urta qiluvchi uchun majburiydir. Qoidalar shartnoma bilan bitta hujjatda yoki uning orqa tomonida bo'lishi kerak. Kimga tegishli Bu qoida sug'urtalovchi va sug'urta qildiruvchi (sug'urta sotib oluvchi) o'rtasidagi munosabatlarga tegishli. Amalda Sog'liq sug'urtasi shartnomasi tuzilayotganda kompaniya o'zining standart qoidalarida "kasallik davomida dorilar uchun to'lov 80% gacha" deb yozgan. Agar polisda "kompaniya qoidalarini qo'llash" yozilgan bo'lsa, bu shart avtomatik ravishda shartnomaning qismi bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.