Qonun bo'yicha foydasiga majburiy sug'urta amalga oshirilishi lozim bo'lgan shaxs, agar sug'urta amalga oshirilmagani unga ma'lum bo'lsa, sug'urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug'urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Agar sug'urta qildiruvchi sifatida sug'urtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bo'lsa yoki sug'urta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan bo'lsa, u sug'urta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sug'urtalangan taqdirda sug'urta tovoni to'lashga asos bo'lishi kerak bo'lgan shartlarda javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
924-modda. Majburiy sug'urta to'g'risidagi qoidalarni buzish oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.