Fuqarolik kodeksi

923-modda. Majburiy sug'urtani amalga oshirish

(923-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Majburiy sug'urta bunday sug'urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug'urta qildiruvchi) sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sug'urta sug'urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yo'lovchilarni majburiy sug'urtalash bundan mustasno bo'lib, bu sug'urta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning o'z hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Majburiy sug'urtalanishi lozim bo'lgan ob'yektlar, ular sug'urtalanishga sabab bo'ladigan xavflar va sug'urta summasining eng kam miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.