Fuqarolik kodeksi

847-modda. Vositachining vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishi

Vositachi muddati ko'rsatilmasdan tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli bo'lib, bu haqda komitentni, agar xabardor qilishning uzoqroq muddati shartnomada ko'zda tutilgan bo'lmasa, o'ttiz kundan kechiktirmasdan xabardor qiladi. Bunday holda vositachi o'z ixtiyoridagi komitentning mol-mulki to'liq saqlanishi uchun choralar ko'rishi shart. Komitent vositachilik shartnomasi bekor bo'lgunicha vositachining ixtiyoridagi mol-mulkni tasarruf qilishi shart. Agar u mana shu majburiyatni bajarmasa, vositachi yo mol-mulkni komitent hisobidan saqlashga topshirishga yoki uni komitent uchun mumkin qadar foydali bahoda sotishga haqli. Vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan vositachi vositachilik haqini olish hamda shartnoma bekor bo'lgan paytda o'ziga tegishli bo'ladigan xarajatlarni undirib olish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.