Fuqarolik kodeksi

846-modda. Komitentning muddati ko'rsatilmay tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishi

Komitent muddati ko'rsatilmay tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli bo'lib, bu haqda vositachini, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan bo'lmasa, kamida o'ttiz kun oldin xabardor qiladi. Bunday holda komitent vositachilik shartnomasi bekor qilinganga qadar tuzgan bitimlari uchun vositachiga haq to'lashi, shuningdek vositachi shartnoma bekor bo'lguncha qilgan xarajatlarni unga to'lashi shart. Komitent vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan taqdirda ushbu Kodeks 844-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.