Fuqarolik kodeksi

840-modda. Komitentning mol-mulki yo'qolganligi, yetishmasligi yoki shikastlanganligi uchun vositachining javobgarligi

Vositachi o'z ixtiyoridagi komitent mol-mulkining yo'qolishiga, yetishmasligiga yoki shikastlanishiga olib kelgan har qanday kamchilik uchun komitent oldida javobgar bo'ladi. Agar vositachi komitent yuborgan yoki vositachiga komitent uchun kelgan mol-mulkni qabul qilib olayotganida bu mol-mulkda tashqaridan ko'zdan kechirganda sezib qolinishi mumkin bo'lgan shikastlanish yoki yetishmovchilik mavjud bo'lsa, shuningdek komitentning vositachi qo'lida turgan mol-mulkiga biron-bir shaxs zarar keltirgan taqdirda vositachi komitentning huquqlarini himoya qilish choralarini ko'rishi, zarur dalil-isbotlarni to'plashi va bularning barchasi haqida darhol komitentni xabardor qilishi shart. O'z ixtiyoridagi komitentning mol-mulkini sug'urtalamagan vositachi buning uchun faqat komitent unga mol-mulkni komitent hisobidan sug'urtalashni buyurgan yoki vositachining bu mol-mulkni sug'urtalashi vositachilik shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan hollar javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.