Ko'chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o'tishi, cheklanishi va bekor bo'lishi davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.
Ko'chmas mol-mulkka bo'lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ huquq egasining iltimosiga ko'ra amalga oshirilgan ro'yxatdan o'tkazishni ro'yxatdan o'tkazilgan huquq yoki bitim to'g'risida hujjat berish yoxud ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yo'li bilan tasdiqlashi shart.
Ko'chmas mol-mulkka bo'lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ amalga oshirilgan ro'yxatdan o'tkazish hamda ro'yxatdan o'tkazilgan huquqlar haqidagi axborotni har qanday shaxsga berishi shart.
Axborot, ro'yxatdan o'tkazish qayerda amalga oshirilganidan qat'i nazar, ko'chmas mol-mulkni ro'yxatdan o'tkazuvchi har qanday organ tomonidan beriladi.
Ko'chmas mol-mulkka bo'lgan huquqni yoki u haqda tuzilgan bitimni davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish yoxud ro'yxatdan o'tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi va ro'yxatdan o'tkazishni rad etish asoslari qonunchilik bilan belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
84-modda. Ko'chmas mol-mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish
(84-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.