Fuqarolik kodeksi

786-modda. Bank siri

Banklar bank hisobvarag'i va bank omonati, hisobvaraq bo'yicha operatsiyalar hamda mijoz haqidagi ma'lumotlar sir saqlanishini kafolatlaydi. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar faqat mijozlarning o'zlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin. Davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga bunday ma'lumotlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda berilishi mumkin. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar bank tomonidan oshkor qilingan taqdirda, huquqlari buzilgan mijoz keltirilgan zararning o'rnini qoplashni bankdan talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.