Fuqarolik kodeksi

785-modda. Hisobvaraq bo'yicha operatsiyalar o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi va pul mablag'lari asossiz o'chirilganligi uchun bankning javobgarligi

(785-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2009 йил 22 сентябрдаги ЎРҚ-223-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2009 й., 39-сон, 423-модда)

Mijozga kelgan pul mablag'lari hisobvaraqqa o'z vaqtida kiritib qo'yilmagan yoki bank hisobvaraqdan mablag'larni asossiz ravishda o'chirgan hollarda bank mijozning talabi bilan tegishli summani darhol hisobvaraqqa kiritib qo'yishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bank o'z vaqtida kiritilmagan yoki asossiz o'chirilgan summaga ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq foizlar to'lashi va zararning o'rnini qoplashi ham shart. Bank hisobvaraqdan mablag'larni o'z vaqtida bermaganligi va mijozning hisobvaraqdan mablag'larni o'tkazish haqidagi farmoyishlarini o'z vaqtida bajarmaganligi uchun ham javobgar bo'ladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.