Fuqarolik kodeksi

765-modda. Omonatning qaytarilishini ta'minlash

Bank qabul qilib olgan omonatlarning qaytarilishini ta'minlash uchun foydalanishi shart bo'lgan vositalar va usullar qonun bilan va bank omonati shartnomasi bilan belgilanadi. Bank omonatchining talabiga muvofiq omonatning qaytarilishi ta'minlanganligi to'g'risida axborot berishi shart. Bank omonatning qaytarilishini ta'minlash bo'yicha majburiyatlarini bajarmagan, shuningdek ta'minotni yo'qotgan yoki uning shartlarini yomonlashtirgan taqdirda, omonatchi bankdan omonat summasini darhol qaytarib berishni, ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq unga foizlar to'lashni hamda o'ziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.