Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko'ra omonatchining hisobvarag'idan o'chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining hisobvarag'i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi pul mablag'laridan foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy o'tganidan keyin uning talabi bilan omonat summasidan alohida to'lanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qo'shilib boradi.
Omonat qaytarilganida shu paytgacha yozilgan hamma foizlar to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
764-modda. Omonatga foizlar yozish va to'lash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.