Fuqarolik kodeksi

645-modda. Buyurtmachining yordami

Pudratchining ishni bajarishiga buyurtmachi pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda, hajmda va tartibda yordam berishi shart. Buyurtmachi bu majburiyatni bajarmasa, pudratchi ko'rilgan zararni, shu jumladan bekor turib qolganlik oqibatidagi qo'shimcha chiqimlarni qoplashni yoki ishni bajarish muddatini o'zgartirish yoxud pudrat shartnomasida ko'rsatilgan ish bahosini oshirishni talab qilishga haqli. Buyurtmachining harakati yoki yo'l qo'ygan xatosi tufayli pudrat shartnomasi bo'yicha ishni bajarish mumkin bo'lmay qolgan taqdirda, pudratchi ishning bajarilgan qismini hisobga olgan holda shartnomada ko'rsatilgan bahoni olish huquqini saqlab qoladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.