Buyurtmachi pudrat shartnomasi bo'yicha o'zining muqobil majburiyatlarini bajarmaganligi, xususan material, uskunalar, texnik hujjatlarni yoki qayta ishlanishi (ishlov berilishi) kerak bo'lgan ashyoni bermaganligi pudratchining shartnomani bajarishiga to'sqinlik qilgan hollarda, shuningdek mazkur majburiyatlar belgilangan muddatda bajarilmasligini yaqqol ko'rsatib turgan holatlar mavjud bo'lganida (ushbu Kodeksning 256-moddasi) pudratchi ishga kirishmaslikka, boshlangan ishni esa to'xtatib qo'yishga haqli.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, pudratchi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, shartnomani bajarishdan bosh tortishga va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
644-modda. Buyurtmachining pudrat shartnomasi bo'yicha muqobil majburiyatlarni bajarmasligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.