Fuqarolik kodeksi

575-modda. Bino yoki inshoot ijaraga berilganida ular joylashgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqlar

Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga oluvchiga bunday ko'chmas mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini topshirish bilan bir vaqtda yer uchastkasining ana shu ko'chmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur qismiga bo'lgan huquqlar ham topshiriladi. Ijaraga beruvchi ijaraga berilayotgan bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo'lsa, ijaraga oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga bo'lgan ijara huquqi yoxud bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq topshiriladi. Agar ijaraga oluvchiga topshiriladigan tegishli yer uchastkasiga bo'lgan huquq shartnomada belgilab qo'yilgan bo'lmasa, yer uchastkasining bino yoki inshoot joylashgan va ulardan o'z vazifasiga muvofiq foydalanish uchun zarur bo'lgan qismidan foydalanish huquqi bino yoki inshoot ijaraga berilgan muddatga ijaraga oluvchiga o'tadi. Ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida qarashli bo'lmagan yer uchastkasida joylashgan bino yoki inshootni ijaraga berishga, agar bunday uchastkadan foydalanishning qonunda yoki yer uchastkasining mulkdori bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlariga zid bo'lmasa, ushbu uchastka mulkdorining roziligisiz yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.