Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy bo'lmasligiga olib keladi.
Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar o'rtasida tuzilgan binoni yoki inshootni yoxud uning bir qismini ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qo'yilishi lozim, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bir yildan kam bo'lmagan muddatga tuzilgan bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim va ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
574-modda. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakli va uni davlat ro'yxatidan o'tkazish
(574-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1131-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1131/0377-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.