Fuqarolik kodeksi

566-modda. Transport vositasi uni saqlash, boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatgan holda ijaraga berilganda ijaraga beruvchining majburiyatlari

Ijaraga beruvchi shartnoma amal qilib turgan butun muddat davomida ijaraga berilgan transport vositasini tegishli holatda saqlashi, shu jumladan joriy va kapital ta'mirlashi hamda zarur asbob-uskunalarni berishi shart. Ijaraga beruvchining transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha ijaraga oluvchiga ko'rsatadigan xizmatlari hajmi transport vositasining shartnomada ko'rsatilgan ijara maqsadlariga mos ravishda normal va xavfsiz ishlatilishini ta'minlashi shart. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchiga ko'rsatiladigan xizmatlarning yanada kengroq doirasi nazarda tutilishi mumkin. Transport vositasi ekipajining tarkibi va uning malakasi taraflar uchun majburiy bo'lgan qoidalarga va shartnomada belgilangan shartlarga, bordi-yu, taraflar uchun majburiy bo'lgan qoidalarda bunday talablar belgilab qo'yilmagan bo'lsa, –– shunday turdagi transport vositasini ishlatishning odatdagi amaliyoti talablari va shartnoma shartlariga javob berishi lozim. Ekipaj a'zolari ijaraga beruvchi bilan mehnat munosabatlarini saqlab qoladilar. Ular ijaraga beruvchining transport vositasini boshqarish va texnik foydalanishga doir ko'rsatmalariga va ijaraga oluvchining transport vositasini tijorat maqsadida ishlatishga doir ko'rsatmalariga bo'ysunadilar. Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ekipaj a'zolarining xizmatiga haq to'lash, shuningdek ularni saqlash xarajatlari ijaraga beruvchi zimmasida bo'ladi. Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, transport vositasini sug'urta qilish va (yoki) uning tomonidan yoki uni ishlatish munosabati bilan yetkazilishi mumkin bo'lgan zarar uchun javobgarlikni sug'urtalash majburiyati, bunday sug'urtalash qonun yoki shartnomaga muvofiq majburiy bo'lsa, ijaraga beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.