Fuqarolik kodeksi

565-modda. Transport vositasini ijaraga berish shartnomasining shakli

(565-модданинг иккинчи қисм Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 9 февралдаги ЎРҚ-752-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.02.2022 й., 03/22/752/0113-сон)

Transport vositasini ijaraga berish shartnomasi, uning muddatidan qat'i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lgan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak bundan ushbu moddaning uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish bo'yicha xizmat ko'rsatadigan yuridik shaxslar jismoniy shaxslar bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini o'ttiz kungacha bo'lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda tuzishlari mumkin. Avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi vositasida elektron onlayn-auktsion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda elektron onlayn-auktsion natijalariga ko'ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.