Agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, davlat kontrakti loyihasi davlat buyurtmachisi tomonidan ishlab chiqiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ga yuboriladi.
Davlat kontrakti loyihasini olgan taraf kechi bilan o'ttiz kunlik muddatda uni imzolaydi va davlat kontraktining bir nusxasini boshqa tarafga qaytaradi, davlat kontrakti shartlari yuzasidan kelishmovchiliklar mavjud bo'lsa, xuddi shu muddatda kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va uni imzolangan davlat kontrakti bilan boshqa tarafga yuboradi yoki unga davlat kontraktini tuzishdan bosh tortishini ma'lum qiladi.
Davlat kontrakti bilan kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan taraf o'ttiz kun ichida kelishmovchiliklarni ko'rib chiqishi, kontrakt shartlarini boshqa taraf bilan muvofiqlashtirish choralarini ko'rishi va unga davlat kontraktini kelishilgan tahrirda qabul qilishi yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishi haqida xabar berishi lozim. Bu muddat tugagach, manfaatdor taraf hal qilinmagan barcha kelishmovchiliklarni o'ttiz kunlik muddatda sud muhokamasiga topshirishi mumkin.
Davlat kontrakti davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi buyurtmani joylashtirish tanlovi natijalari bo'yicha tuziladigan hollarda davlat kontrakti tanlov o'tkazilgan sanadan boshlab o'ttiz kun ichida tuzilishi lozim.
Agar davlat kontraktini tuzishi majburiy bo'lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf boshqa tarafni davlat kontraktini tuzishga majbur qilish to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
460-modda. Davlat kontraktini tuzish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.