Fuqarolik kodeksi

46-modda. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri

(46-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Yuridik shaxs o'zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomiga ega bo'ladi. Tijoratchi bo'lmagan tashkilotlar, qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilotlarning ham nomlari yuridik shaxs faoliyatining xususiyatini ko'rsatishi kerak. Yuridik shaxsning nomiga to'la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni (davlatning nomini) kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga yoki reklama materiallariga ana shunday nomni yoxud davlat ramzlari elementlarini qo'shishga O'zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda yo'l qo'yiladi. Yuridik shaxsning joylashgan yeri, agar qonunga muvofiq yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, u davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joy bilan belgilanadi. Yuridik shaxs o'zi bilan bo'ladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo'lishi lozim hamda o'zining pochta manzili o'zgarganligi to'g'risida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) uning ta'sis hujjatlarida ko'rsatiladi. Tijoratchi tashkilot bo'lgan yuridik shaxs o'z firma nomiga ega bo'lishi lozim. Yuridik shaxs o'z firmasining nomidan foydalanish mutlaq huquqiga egadir. O'zga firma nomidan g'ayriqonuniy suratda foydalanayotgan shaxs firma nomiga egalik qilish huquqi bo'lgan shaxsning talabi bilan undan foydalanishni to'xtatishi hamda yetkazilgan zararlarni to'lashi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI Yuridik shaxs (tashkilot) o'zining rasmiy nomiga va manzilga ega bo'lishi kerak. Nomi tashkilotning turi va maqsadini ko'rsatadi. Joylashgan yeri — bu tashkilot ro'yxatdan o'tgan joy yoki ta'sis hujjatida ko'rsatilgan manzil. KIMGA TEGISHLI Bu qoida barcha yuridik shaxslarga — kompaniyalar, jamiyatlar, davlat muassasalariga tegishli. AMALDA Masalan, "Oltin Qush" degan savdo kompaniyasi Toshkentda ro'yxatdan o'tgan. Uning rasmiy nomi va Toshkentdagi manzili ta'sis hujjatida yoziladi. Agar boshqa shaxs shunga o'xshash nomdan foydalansa, kompaniya uni to'xtatishni talab qilishi va zararni to'lashini so'rashi mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.