Fuqarolik kodeksi

427-modda. Sotib oluvchiga tovar haqida axborot berish

(427-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sotuvchi sotishga taklif qilingan tovar to'g'risida sotib oluvchiga zarur va to'g'ri axborotni uning mazmuni va uni taqdim etish usuliga nisbatan qonunchilikda belgilangan yoki odatda chakana savdoda qo'yiladigan talablarga muvofiq holda berishi shart. Sotib oluvchi chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar tovarni ko'zdan kechirish, o'z oldida tovarning xossalarini tekshirishni yoki tovardan qanday foydalanishni ko'rsatishni, agar bu hol tovarning xususiyati tufayli istisno qilinmasa va chakana savdoda qabul qilingan qoidalarga zid bo'lmasa, talab qilishga haqli. Agar sotib oluvchiga sotish joyida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan tovar to'g'risidagi axborotni darhol olish imkoni berilmagan bo'lsa, u chakana oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan asossiz bosh tortilgani tufayli o'zi ko'rgan zararni to'lashni sotuvchidan talab qilishga, agar shartnoma tuzilgan bo'lsa, oqilona muddatda shartnomani bajarishdan bosh tortishga, tovar uchun to'langan summani qaytarishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli. Sotib oluvchiga tovar to'g'risida tegishli axborot olish imkonini bermagan sotuvchi tovar sotib oluvchiga topshirilganidan so'ng tovarda paydo bo'lgan kamchiliklar uchun ham, agar sotib oluvchi bu kamchiliklar o'zida bunday axborot bo'lmagani sababli paydo bo'lganini isbotlasa, javob beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.