Chakana oldi-sotdi shartnomasining barcha muhim shartlarini o'z ichiga olgan holda tovar reklamasi, kataloglar, shuningdek tovarning nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan boshqa ta'riflari orqali tovar taklif qilish ommaviy oferta deb hisoblanadi (ushbu Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismi).
Tovarlarni ko'rgazmaga qo'yish, ularning namunalarini namoyish qilish yoki savdo bo'layotgan joyda sotilayotgan tovarlar haqida ma'lumotlar (ta'riflar, kataloglar, fotosuratlar va hokazolar) berish, sotuvchi tegishli tovarlar sotishga mo'ljallanmaganligini aniq belgilagan hollardan tashqari, narxi va oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari ko'rsatilgan-ko'rsatilmaganidan qat'i nazar, ommaviy oferta deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
426-modda. Tovarning ommaviy ofertasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.